Nasiyaga qaysi mashinani olsa bo'ladi? 2026 tanlovi
Nasiyaga mashina olish O'zbekistonda eng tez o'sayotgan xarid usuliga aylandi: bank ishtirokisiz, daromad isbotlansa kafilsiz bilan, 20% boshlang'ich to'lovdan. Bu maqolada hozir eng ko'p so'ralayotgan 4 ta modelni narxi va oylik to'lovi bilan taqqoslaymiz.
Nasiya savdo qanday ishlaydi?
Siz mashinani sotuvchi kompaniyadan bo'lib to'lashga olasiz. Ikki xil shart bor: Fin arenda โ 20% boshlang'ich (mashina to'lov tugaguncha kompaniya nomida) va Rassrochka โ 50% boshlang'ich (mashina darhol o'z nomingizga). Muddat 13โ60 oy, yillik ustama 17โ20%, penya va jarima yo'q โ bu shartnomada yozib qo'yiladi. Batafsil: nasiya shartlari.
TOP-4 model bir jadvalda
| Model | Turi | Narxi | Oyiga (20%, 3 yil)* |
|---|---|---|---|
| Chevrolet Cobalt | Benzin, sedan | 165 200 000 so'm | ~5 912 000 so'm |
| Roewe M7 | Gibrid, sedan | so'rov bo'yicha | โ |
| BYD Yuan Up DM-i | Gibrid, krossover | 266 700 000 so'm | ~9 208 000 so'm |
| Leapmotor C10 | Elektr/REEV, SUV | 320 000 000 so'm | ~10 996 000 so'm |
* Fin arenda sharti bilan taxminiy hisob. Narxga GAI rasmiylashtiruv: motorli โ 7 849 600 so'm, gibrid/elektr โ 5 500 000 so'm.
Chevrolet Cobalt โ eng kam boshlang'ich bilan start
O'zbekistonning eng ommabop sedani nasiyada ham yetakchi: 33 mln so'm boshlang'ich (20%) bilan bugun minib ketasiz, oylik to'lov ~5,9 mln so'mdan. Ehtiyot qismlari arzon, bozori chaqqon โ birinchi mashina yoki oila uchun ishonchli tanlov. Komplektatsiyalar va narxlar: Cobalt sahifasi.
Roewe M7 โ gibrid sedan, biznes ko'rinish
Katta sedan qidirayotgan, lekin sarfni o'ylaydiganlar uchun: gibrid tizim shaharda yoqilg'i xarajatini sezilarli kamaytiradi. narxi so'rov bo'yicha, buyurtma bilan keladi โ Roewe M7 sahifasi.
BYD Yuan Up DM-i โ xit gibrid krossover
DM-i texnologiyasi kunlik shahar yurishini deyarli to'liq elektrda o'taydi, uzoq yo'lda benzin zaxira bo'lib turadi โ quvvatlash stansiyasiga bog'liq emassiz. Qora rangdagi versiyalar hozir mavjud. Narxi 266,7 mln, oyiga ~9,2 mln so'mdan โ Yuan Up sahifasi.
Leapmotor C10 โ elektr SUV, oilaviy format
Keng salon, zamonaviy media-tizim va elektr/REEV texnologiyasi: shaharda arzon elektr yurish, REEV versiyada masofa cheklovisiz. 320 mln so'm, oyiga ~11 mln so'mdan โ Leapmotor C10 sahifasi.
Qaysi birini tanlash kerak?
Eng kam budjet โ Cobalt (oyiga ~5,9 mln). Sedan va tejamkorlik โ Roewe M7. Krossover va universallik โ Yuan Up DM-i. Oilaviy elektr SUV โ C10. Aniq hisobni onlayn kalkulyatorda ko'ring yoki raqamingizni qoldiring โ 5 daqiqada mos shartni hisoblab beramiz.
Ko'p so'raladigan savollar
Nasiyaga mashina olish uchun nima kerak?
Skoring uchun pasport yetarli โ daromadingiz isbotlansa kafil talab qilinmaydi. Boshlang'ich kam bo'lsa yoki daromadga shubha bo'lsa kafil so'ralishi mumkin.
Eng kam oylik to'lov qaysi modelda?
Bu ro'yxatda โ Chevrolet Cobalt: 20% boshlang'ich, 3 yil muddatda oyiga ~5 912 000 so'm. 5 yilga cho'zilsa oylik yana kamayadi.
Gibrid olsam quvvatlashim shartmi?
Yo'q. DM-i gibridlar benzinda ham to'liq ishlaydi; quvvatlab yursangiz sarf yanada kamayadi.
Mashinani qachon olib ketaman?
Shartnoma imzolanib, boshlang'ich to'lov qilingan kuni โ kalit sizda. Ofisda test-drive: Toshkent, Mirobod tumani, Afrosiyob ko'chasi 4.
Raqamingizni qoldiring โ 5 daqiqada qo'ng'iroq qilamiz, yoki +998 55 512 32 11.